Ingliz tili darajangizni bepul aniqlang
CEFR Multilevel formatidagi Listening va Reading testi. Ro'yxatdan o'tmasdan boshlang — oxirida 0–75 shkaladagi taxminiy ballingiz va darajangizni ko'rasiz.
Test qanday o'tadi
Imtihondagi kabi: avval Listening, keyin Reading. Har bo'limning o'z vaqti bor, bo'limlar orasida dam olish mumkin.
- 1/3
Listening — 25 daqiqa
Imtihonning 1, 3 va 5-qismlari: qisqa suhbatlar, so'zlovchilarni moslashtirish va uzun parchalar. Audio bir marta eshittiriladi.
- 2/3
Reading — 30 daqiqa
1, 3 va 5-qismlar: matndagi bo'shliqlarni to'ldirish, paragraflarga sarlavha tanlash va xulosani to'ldirish.
- 3/3
Natija darhol
0–75 shkalada taxminiy ball, daraja (B1, B2, C1) va har bir bo'lim balli. Test qisqa bo'lgani uchun 95% ehtimollik oralig'i ham ko'rsatiladi.
Bepul. Javoblar shu brauzerda saqlanadi — internet uzilsa ham yo'qolmaydi.
Ball va daraja qanday bog'liq
CEFR Multilevel natijasi 0–75 shkalada beriladi. Daraja chegaralari:
C165–75
Yuqori daraja
Murakkab matnlarni tushuna oladi hamda fikrlarini ravon va erkin, ifoda izlamasdan bayon eta oladi.
B251–64
O'rtadan yuqori
Ma'lum darajada ravonlik bilan muloqot qila oladi va aniq hamda mavhum mavzulardagi murakkab matnning asosiy g'oyalarini tushunadi.
B138–50
O'rta daraja
Sayohat paytida yuzaga keladigan ko'pchilik vaziyatlarni hal qila oladi va tanish mavzularda oddiy bog'langan matn tuza oladi.
<B10–37
O'rtadan past
Tanish kundalik iboralar va ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan juda oddiy jumlalarni tushuna va ishlata oladi.
To'rtala bo'lim balli bormi? Umumiy ball va darajani hisoblang →
Bu test nimani o'lchaydi
Test faqat Listening va Reading'ni o'lchaydi va to'liq imtihondan qisqa, shuning uchun natija taxminiy. Bu rasmiy sertifikat emas. Writing va Speaking bilan to'liq ball olish uchun to'liq CEFR mock topshiring.
Ko'p beriladigan savollar
Darajangizni bir soatda bilib oling
Bepul va ro'yxatdan o'tmasdan. Natijadan keyin qaysi qismlar ustida ishlash kerakligini ko'rsatamiz.